Tadbirda fuqaro A.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSH dollari evaziga “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 130-139 km qismini rekonstruksiya qilish boʻyicha 8 mlrd soʻmlik subpudrat shartnomasini olib berishni vaʼda qilib, shundan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.