Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman tibbiyot birlashmasi laboranti Z.Ya. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) D.K. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga ishga kiritib qoʻyishini aytib, 2022-yilning dekabr oyida 8 nafar fuqaroning jami 2 600 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.