Bu haqda Fiskal tahlil xabar berdi.
Shu yilning yil yanvar avgust oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 64 775 ta yuridik shaxs tomonidan 28,4 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlangan.
Shundan 11,8 trln soʻmi 20 ta soliq toʻlovchi hisobiga toʻgʻri keladi.
Ularning tovar aylanmasi 114,5 trln soʻm, qoʻllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1,1 trln soʻmdan oshgan.
Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
— QQS — 3,2 trln soʻm;
— aksiz soligʻi — 3,1 trln soʻm;
— yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq — 1,5 trln soʻm;
— foyda soligʻi — 1 trln soʻm;
— ijtimoiy soliq — 638,6 mlrd soʻm;
— JSHODS — 616,6 mlrd soʻm;
— mol-mulk soligʻi — 311,6 mlrd soʻm;
— boshqa soliqlar — 1,2 trln soʻm NKMK va OKMK AJdan tashqari.