8 oyida qancha dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgani aytildi

    Shu yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan dudlangan kolbasa mahsulotlari oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan solishtirilganda 14,7 % ga oshgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 217 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

    2024-yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 833 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.