“Oʻzgidromet” 10—16-iyun kunlari yomgʻir yogʻishi kutilayotgani sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati:
Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati:
Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati:
Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Jizzax viloyati:
Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati:
Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati:
Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati:
Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati:
Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.








