Suv resurslarini boshqarish va undan samarali foydalanish boʻyicha 2022-yilda moʻljallangan aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.
1. Sugʻorish tarmoqlarining 119 km qismini rekonstruksiya qilish uchun 154,4 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratiladi.
2. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 139 km melioratsiya tarmoqlari hamda 82 dona inshoatlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun 37,2 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflanadi.
3. “Suyenli” va “Kegeyli” kanallarining 71 km qismi betonlashtiriladi.
4. 5 ta yirik nasos stansiyalari taʼmirlanadi.
5. Aholi tomorqalari suv taʼminotini yaxshilash maqsadida olis hududlardagi 83 ta mahallalarga 332 dona kichik quduqlar qazib beriladi.
Shuningdek, 22,5 ming gektar yer maydonlariga suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi. Shundan, 17,5 ming gektarga tomchilatib sugʻorish va 5 ming gektarga yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi tadbiq etiladi.
Natijada:
- 28 ming gektar yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanadi;
- 33 ming gektar maydonda meliorativ holat yaxshilanadi;
- 64 mln.kub.m suv iqtisod qilinadi.
Albatta, ushbu tadbirlar natijasida hududimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, aholini zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda oʻzining ijobiy samarasini beradi.