O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4921-son qarori tizimni rivonlantirishga katta turtki berdi.
“O'zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan “Gibrid pochta” xizmatidan foydalanish bo'yicha 70 tadan ortiq tashkilotlar bilan shartnomalar tuzildi. Pochta xodimlari tomonidan joyida xizmat ko'rsatish uchun 1000 ta mobil qurilma xarid qilindi va mazkur qurilmalarga “Gibrid pochta tizimi” ilovasi o'rnatilib, mazkur ilovalar orqali xabarchilar tomonidan joyida gibrid po'chta jo'natmalarni etkazib berilganlik bo'yicha ma'lumotlar tizimga kiritish imkoniyati yo'lga qo'yildi.
Pochta aloqasi ob'ektlarini zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta'minlash bo'yicha 410 ta kompyuter, 88 ta printer va 295 ta ko'p funktsiyali uskuna harid qilindi va ish joylariga etkazib berildi. Shu bilan birga, 288 ta pochta aloqasi bo'limigacha 583,1 km. optik tolali aloqa liniyalari tortildi.
Ta'kidlash kerak, mijozlar nomiga kelgan pochta jo'natmalarini olishi uchun mo'ljallangan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi 30 ta avtomatlashtirilgan komplekslar (pochtamatlar) sotib olindi hamda 13 ta pochtamat Toshkent shahridagi pochta aloqasi obektlariga va aholi gavjum hududlarga, 17 ta pochtamat Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Nukus, Navoiy, Samarqand, Namangan, Farg'ona (3 ta), Qarshi, Surxondaryo, Toshkent viloyati (3 ta) va Urganch shahriga o'rnatildi. Bugungi kunda, ularni tarmoqqa ulash va axborot tizimlarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda pochta aloqasining an'anaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni raqamlashtirish, jo'natmalarni qabul qilish, kuzatib borish va etkazish jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish maqsadida, “Pochta xizmatlarini ko'rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi” ishlab chiqilmoqda. Pochta jo'natmalarini qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimi 2021-yil 17-maydan Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushirildi.
Bugungi kunda 860 ta pochta aloqa ob'ektlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanilgan holda 33 turdagi elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish yo'lga qo'yildi.
110 ta pochta aloqasi ob'ektlarining binosini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko'rinishga keltirish yuzasidan ro'yxatlar shakllantirildi va 31 ta pochta aloqasi obektlarining binosini zamonaviy ko'rinishga keltirish yuzasidan ta'mirlash va qayta qurish ishlari boshlangan.
“O'zbekiston pochtasi” AJda 1806 ta pochta aloqasi bo'limlari faoliyat ko'rsatmoqda va xodimlar soni 6450dan ortiq nafarni tashkil etmoqda.
Pochta aloqasi obektlarida yangi xizmatlar ko'rsatilishi yo'lga qo'yilganligi munosabati bilan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi, AT “Aloqabank” va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” MCHJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan o'quv mashg'ulotlarida jami 28894 nafardan ortiq pochta xodimlari ishtirok etib, malakasi oshirildi.









