Husniddin Sharapov joriy yilning 23 may kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 9 yoshli bolaning hayotini saqlab qolgan edi.

Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 17:00 larda “Bog‘bon” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi bo‘yida velosiped minib yurgan bola muvozanatini yo‘qotib, suvga tushib ketgan.

Shu vaqtda voqea joyida bo‘lgan FVB hodimi Husniddin Sharapov darhol daryoga sakrab, bolaning qutqarib qolgan.

Qayd etilishicha, qutqaruvchining jasorati va fidokorligi munosib baholanib, u Favqulodda vaziyatlar vazirligining «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni hamda pul mukofoti bilan taqdirlangan.