Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda maʼlum qilinishicha, oʻtgan 9 oy mobaynida Bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar, 59 mlrd soʻmlik tamaki mahsulotlari hamda 34 ta qurol, 1 187 ta oʻq-dorilar ushlab qolingan.
Shuningdek, hisobot davrida xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida 757 mlrd. soʻmlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi. Chegarada import tovarlari ustidan bojxona koʻriklari samaradorligi oshib, 356 mlrd soʻmlik noqonuniy tovarlar daliliy ashyo sifatida olingan.
Oʻtgan 9 oy davomida rasmiylashtirilgan 754 mingta bojxona yuk deklaratsiyalarining 15 foizi inson omilisiz avtomatik ravishda rasmiylashtirildi, eksportda bu koʻrsatkich 41 foizga yetdi.