9 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi qanchaga yetgani maʼlum boʻldi

    Shu yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 mlrd dollarga yoki 7,7 foizga koʻpaydi.

    Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 48,2 mlrd dollarga yetdi.

    Eksport hajmi 19,8 mlrd dollarga (+11,5 foiz) yetdi. Shuningdek, eksport tarkibida tovarlar 14,8 mlrd dollarni, xizmatlar esa 5 mlrd dollarni tashkil etdi. Import hajmi esa 28,4 mlrd dollarga (+5,2 foiz) yetdi. Shu bilan birga, 25,8 mlrd dollarlik tovarlar, 2,6 mlrd dollarlik xizmatlar import qilindi.

    TSAning eng katta hajmi MDH mamlakatlariga — 16,8 mlrd dollar, YEOII mamlakatlariga — 12,8 mlrd dollar, boshqa davlatlar bilan tovar ayirboshlash — 31,4 mlrd dollarni va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan — 4,7 mlrd dollarni tashkil etdi.