Bu haqda Toshkent shahar IIBB JXX YHXB boshligʻi Rafiqjon Jalilov xabar qildi.
Qayd etilishicha, YTHlarning aksariyati piyodalar uchun belgilanmagan joylardan va svetaforning taqiqlangan chirogʻida oʻtish paytida sodir boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, shu yilning 17-oktyabrdan diqqat piyoda keng qamrovli profilaktika boshlanib, unda mingdan ortiq xodim va jamoatchilik vakillari jalb etildi. Tadbir boshida 5 mingdan ortiq yoʻl harakati qoidalarini buzgan piyodalar aniqlanib maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Shu bois Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati fuqarolarni piyodalar uchun alohida ajratilgan yoʻlaklardan, tratuarlardan, ular boʻlmaganda esa yoʻlning bir chetidan oqimga qarama-qarshi harakatlanishga chaqirdi.
Shuningdek, haydovchilar tomonidan piyodalarga yoʻl bermaslik oqibatida 100ga yaqin holatlar aniqlanib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgani ham maʼlum qilindi.