Bu joriy yil 21-oktyabrda qabul qilingan “Hududlarni barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-186 farmon bilan belgilab qoʻyildi.

Mazkur 9 ta tashkilot quyidagilar:

  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
  2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
  3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
  4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
  5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
  6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
  7. Madaniyat vazirligi;
  8. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi;
  9. Yoshlar ishlari agentligi;

Qayd etilishicha, bunda tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yoʻnaltirilgan samarali tizimini yoʻlga qoʻyish maqsad qilingan.