“O'zstandart” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan birgalikda iste'molchilarning manfaatini ta'minlash hamda ularni sifati kafolatlanmagan mahsulotlardan himoya qilishga hissa qo'shmoqda.
Prezidentimizning “O'zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to'g'risida”gi qaroriga asosan, yurtimizga chetdan olib kelinayotgan hamda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va xavfsizlik sinov ko'rsatkichlari to'liq baholangandan so'ng muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirib beriladi.
“O'zstandart” agentligi, O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi qoshidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari tomonidan 2020 yilning o'tgan 7 oyi mobaynida respublikamiz hududiga import qilingan 907 981 920 so'mlik uch turdagi mahsulotlarning amaldagi me'yoriy hujjat talablariga nomuvofiqligi aniqlanib, ichki bozorlarga olib kirilishining oldi olindi. 322 071 120 so'mlik yog' va kakao o'rnini bosuvchi “SolPro”, 4 564 000 so'mlik pnevmatik shina, 581 346 800 so'mlik sut yog'i o'rnini bosuvchi “Miloko s lyubov`yu” shular jumlasidandir.
907 981 920 so'mlik mahsulot ichki bozorga kiritilmadi
“Ўзстандарт” агентлиги ва унинг тизимидаги ташкилотлар Ўзбекистон истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятлари федерацияси билан биргаликда истеъмолчиларнинг манфаатини таъминлаш ҳамда уларни сифати кафолатланмаган маҳсулотлардан ҳимоя қилишга ҳисса қўшмоқда.
Yangi O‘zbekistonning Yangi Qoraqalpog‘istoni islohatlar maydaniga aylangan
- Aichi-Nagoya-2026: O‘tkirbek Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi
- Elektronika bo‘yicha yetakchi mamlakatlar reytingi e’lon qilindi
- Andijonda iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligini taʼminlashning ustuvor vazifalari belgilandi
- Bolalarga profilaktik emlashlar qachon va qaysi kasalliklarga qarshi o‘tkaziladi?
- Toʻrtkoʻl tumanidagi xonadonlardan “geroin” va “opiy” giyohvandlik vositalari topildi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda