«Oʻzbekistonda jamoat transportini yangicha asosda rivojlantirish boʻyicha ishlayapmiz. Yaʼni, aholi soni, zichligi, ijtimoiy obyektlar joylashgan joylardan, taʼlim muassasalari va boshqa faktorlardan kelib chiqib, barcha jamoat transporti yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqib, ilmiy asosda yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyishimiz lozim.

Xatlovga koʻra, 9145 aholi punktining 1115tasi jamoat transporti bilan qamrab olinmagan. Shuningdek, 4068 yoʻnalishning 374tasida qatnovlar toʻxtab qolgan.

Shu muammolarni hal qilish maqsadida yoʻnalishlarni belgilovchi tenderlarni 100 foiz elektron tizimga oʻtkazdik. Shuningdek, rentabellik umuman past boʻlgan taqdirda, ularni subsidiyalar orqali qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlayapmiz.

2021-yilda viloyat markazlarida jamoat transportining modellashtirilgan bosh rejasini ishlab chiqamiz. Bunda xalqaro ekspertlar ham jal etilyapti».