1929-yil 17-dekabrda tug'ilgan amerikalik Richard Eytel 95 yoshida Shimoliy qutbga yetib bordi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi xabar bermoqda.
Qarindoshlari uning rejasini amalga oshirishga yordam berishga qaror qilmaguncha, u uzoq vaqt davomida bunday sayohatga chiqish imkoniga ega emas edi.
10-avgust kuni uzoq dengiz ekspeditsiyasidan so'ng Eytel sayyoramizning eng shimoliy nuqtasiga – 95 yoshu 236 kunligida yetib borgan dunyodagi eng keksa odamga aylandi. U Shimoliy qutbga 90 yilu 334 kunda tashrif buyurgan boshqa amerikalik Edvard Shtalning rekordini yangiladi.
U yerga yetib borgach, Richard nafaqat kema palubasida suratga tushdi, balki tundra bo'ylab chang'i sayohatiga ham chiqdi, deb xabar berdi korrespondent.net.