Uchrashuv Prezident adminstratsiyasi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Taʼkidlash joizki, hozirda Prezident maktablari bitiruvchilarining 88 nafari (92 %) oʻquv yili yakunlanmasdan Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Florida, Yaponiya kabi nufuzli xorijiy oliy oʻquv muassasalaridan taʼlim olish uchun taklifnomalarni qoʻlga kiritdi. 8 nafari esa qabul javoblarini kutmoqda.

Bitiruvchilarni katta hayotga munosib kuzatish maqsadida tashkil etilgan muloqot samimiy ruhda boʻlib oʻtdi.