Ochilish marosimida yuzlab yoshlar, jamoatchilik faollari, adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, shuningdek, nashriyot vakillari tashrif buyurishdi.
E’tiborlisi, ochilish marosimining o‘zidayoq 400 ga yaqin kitob sotilgani yigit-qizlarimizning kitobga bo‘lgan chinakam mehrini ko‘rsatadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida Hayrulla Asadov uchun ushbu zamonaviy ziyo maskani barpo etilib, do‘kon fondini boyitish uchun 2000 ta kitob sovg‘a qilindi.
Shuningdek, do‘kon fondini boyitish maqsadida 2000 ta kitob taqdim etilgan.
Avvalroq, «tirik kitob» sifatida tanilgan kitob sotuvchisi Hayrulla Asadovning 20 ming so‘mga xarid cheki bermagani va 20 ming so‘m pulni onlayn nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritmagani uchun jarimaga tortilgandi.