Xususan, quyidagi hujjatlar imzolangan:
– Geologiya vazirligi va “Denali Exploration group” kompaniyasi o‘rtasida nodir yer elementlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda “Re Element Technologies” kompaniyasi o‘rtasida nodir metallar sohasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Flowserve” kompaniyasi o‘rtasida nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Valmont Industries Inc” kompaniyasi o‘rtasida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida bitim;
– Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Palo Alto Networks” kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida bitim;
– “Uzairways” va “Boeing” kompaniyalari o‘rtasida samolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
– “Datacrop” va “Luis Dreyfus Company” kompaniyalari o‘rtasida soya dukkaklari va shrot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
– “O‘zsanoateksport” va “Cargill” kompaniyasi o‘rtasida paxta yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.









