Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Yaʼni barqarorlik reytingida “AAA” toifadagi (100-96 ball) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno).
Soliq organlarida mavjud barcha dasturiy mahsullarda “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv oʻtkazish yuzasidan buyruq rasmiylashtirish cheklandi.
Boshqa toifaga oʻzgarganda ushbu ragʻbanlantirish amal qilmaydi.
Shuningdek, QQS summasini 1 kunda tekshiruvlarsiz qoplash (qaytarish) boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil 1-martdan integratsiya natijasida olingan maʼlumotlar asosida “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 1 kun muddatda avtomatik ravishda QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) yoʻlga qoʻyiladi.