баннер
30 Mar 2025
03:11

    Abat Fayzullayev Oʻzbekistonning San-Marinodagi birinchi elchisi etib tayinlandi

    Oʻzbekiston va San-Marino oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2021-yil 3-fevralda oʻrnatilgan.

    Oʻzbekistonning San-Marinoga tayinlangan birinchi elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rimda joylashgan) mazkur davlat rahbarlari – Kapitan-regentlar Francheska Chiverkya va Dalibor Rikkardiga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Tantanali marosimda San-Marino tashqi ishlar vaziri Luka Bekkari soʻzga chiqib akkreditatsiyadan oʻtgan elchilarni olqishladi.

    Vazir Luka Bekkari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy va demokratik islohotlarni, Oʻzbekiston va San-Marino oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni, jumladan ushbu mamlakatga birinchi elchining tayinlanishini yuqori baholadi.

    Oʻzbekistonning iqlim va atrof-muhit bilan bogʻliq muammolarga qarshi kurashishda hamda barqaror rivojlanish yoʻlida olib borayotgan oqilona siyosati yuksak baholandi.

    Shuningdek, oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama shartnoma-huquqiy bazani mustahkamlash, koʻp tomonlama hamkorlik yoʻnalishida, xususan, BMT va YEXHT doirasida nomzodlar va tashabbuslarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlash kabi mavjud manfaatli sheriklikni davom ettirishga ishonch bildirildi.

    Oʻzbekiston va San-Marino oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2021-yil 3-fevralda oʻrnatilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Abat Fayzullayev 2023-yil noyabr oyidan buyon Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi va Rimdagi xalqaro tashkilotlar (FAO, QXRXJ, BOOD) huzuridagi doimiy vakili hamda 2024-yil dekabr oyidan boshlab Oʻzbekistonning Kiprdagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Abat Fayzullayev 2020-2023-yillarda Oʻzbekistonning Avstriyadagi va oʻrindoshlik asosida Vengriyadagi elchisi sifatida ishlagan. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimida faoliyat olib borgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech