Ushbu soʻrovnomalarda 120 mamlakatning “IFFHS” tashkilotiga aʼzo boʻlgan jurnalistlari va futbol ekspertlari qatnashadi. “IFFHS” oʻz talqini boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida «2023-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblikka daʼvogar boʻlgan 26 nafar oʻyinchi roʻyxatini eʼlon qildi.
Biz uchun ushbu xabarning ahamiyatli jihati shundaki, mazkur roʻyxatda milliy terma jamoamiz aʼzosi va “SSKA” (Moskva) klubi aʼzosi Abbosbek Fayzullayev oʻrin olgan. Shuningdek, «2023-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga daʼvogarlar qatoridan Jud Bellingem, Jamol Mutsiala,Gavi, Lamin Yamal, Uorron Zair-Emeri, Alexandro Balde, Evan Fergyuson, Ras us Xoylund kabi Yevropaning grand klublarida toʻp tepayotgan yosh yulduzlar ham joy olgan.
Maʼlumot uchun, Abbosbek Fayzullayev daʼvogarlik qilayotgan yilning eng zoʻr yosh futbolchisi nominatsiyasida birorta ham osiyolik futbolchi yoʻq. Mazkur tanlov natijalari 2024-yilning 1-yanvar kuni eʼlon qilinadi.