Tashrif dasturida Tashqi ishlar vazirligi, parlament, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yashil oʻsish global instituti (GGGI) va Koreya Respublikasining boshqa idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar, shuningdek, Inchhon shahridagi Koreya-Oʻzbekiston biznes markazi faoliyati bilan tanishish koʻzda tutilgan.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro hamkorlikning keng koʻlamli kun tartibini, shuningdek, boʻlajak ikki tomonlama tadbirlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.