Oʻzbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyasi Bryusselda Yevropa kengashi Prezidenti kabinet rahbari Pedro Lurti, Ittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Vivian Lunella, shuningdek, Yevropa ittifoqining terrorizmga qarshi kurash koordinatori Bartyan Vegter bilan uchrashuv oʻtkazdi.

P. Lurti bilan suhbat chogʻida joriy yilning 3-4-aprel kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” sammiti doirasida mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.