Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqining Afgʻoniston yoʻnalishidagi munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

Joriy yil 23-fevralda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari maslahat uchrashuvining tashkiliy jihatlari va kun tartibidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Afgʻon inqirozini hal qilishda xalqaro hamjamiyatning yaxlit yondashuvini ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

Yevropa Ittifoqi vakillari Oʻzbekistonning Termiz shahrida Afgʻonistonga insonparvarlik yordam yetkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha xalqaro xab tashkil etish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Turli darajadagi boʻlajak ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar jadvali boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.