Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Turkiya hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy siyosatning ayrim jihatlari, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

A.Kamilov turkiyalik hamkasbiga Turkiyada yaqinda yuz bergan tabiiy ofatlar va koʻplab insonlarning halok boʻlgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.