Suhbat chogʻida tomonlar mintaqaviy hamkorlikning turli jihatlari boʻyicha fikr va mulohazalar almashdilar, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Xavfsizlik masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlarning BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida jadal hamkorlik olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.