Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy soʻzlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yana-da toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.

Muzokaralar chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.