Muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston – Belarus hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Belarus tomoniga joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklifnoma topshirildi.
Uchrashuvda 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar rejasi imzolandi.