Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining hozirgi holati va aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlari oʻrtasida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga alohida eʼtibor qaratildi.
Tez orada savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumat delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida turli sohalarda aniq loyihalar ijrosi ham koʻrib chiqiladi.