Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari hamda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Saudiya tomonining yuqori darajada ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.