Abdulla Aripov “China Energy Engineering Corporation” kompaniyasi bosh direktori Ni Chjen bilan uchrashdi

    Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash, xususan, energetika, infratuzilma va sanoat sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda CEECning faol ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

    “Oʻzbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov “China Energy Engineering Corporation” (CEEC) kompaniyasi bosh direktori Ni Chjen bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Unda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash, xususan, energetika, infratuzilma va sanoat sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda CEECning faol ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

    Tomonlar elektr energiyasi ishlab chiqarish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, zamonaviy injiniring va qurilish texnologiyalarini joriy qilish sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini atroflicha koʻrib chiqdilar. Shuningdek, murakkab texnologik inshootlarni qurish, kadrlar tayyorlash va raqamlashtirishni kengaytirish boʻyicha hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.