Davlatlarimiz Rahbarlari – Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki mamlakat hukumatlari zimmasiga oʻzaro munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab bergan.
Ayni paytda barcha sohalarda ijobiy oʻsish dinamikasi kuzatilayotgani, muhim qoʻshma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston qardosh Qirgʻiziston bilan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorligi bildirildi.