Abdulla Aripov va Jahongir Ortiqxo‘jayev savdo obyektlarida karantin qoidalariga rioya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

    Mamlakatimizda 19 Aprel 2021 1634

    O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev va boshqa mas’ul shaxslar birgalikda poytaxtdagi bozorlar, supermarketlar, savdo-ko‘ngilochar markazlarining holatini o'rganib chiqdilar.

    Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika Maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, qator mutasaddilardan iborat ishchi guruh poytaxtimiz tumanlariga chiqib, hududlardagi holatni o‘rgandi.

    Xususan, ishchi guruh a’zolari shahrimizdagi bozorlar, supermarketlar, savdo-ko‘ngilochar markazlari va boshqa savdo maskanlariga tashrif buyurib, sotuvchilar, xaridorlar, ma’muriy xodimlar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi, ma’muriyat va epidemiologik osoyishtalik xizmatlarining karantin talablariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.