Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasiga O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ijodiy va hayotiy faoliyati targ'ibotining biriktirilishi ham tasodifiy emas. Sababi, Abdulla Oripov hayotlik paytlarida ushbu ta'lim maskanida boshqa oliy o'quv yurtlariga nisbatan juda ko'p ijodiy muloqot va uchrashuvlar uyushtirgan. Buning boisini institutda tashkil etilgan adabiy uchrashuvlardan birida o'zi shunday izohlagan edi. “Irrigatsiya, miroblik mening qalbimga, ruhiyatimga yaqin. Bolaligimdan bu kasbga ayricha mehr bilan qarayman. YOshligimda ilk she'riy mashqlarimni tinglab baholaydigan yaqin qardoshimiz ham mirob edi. YOzgan she'rlarimni ilk bor eshitib baholovchi o'sha irrigator bo'lgan. U kishini men chinakam ustozim deyishga haqliman. CHunki umr bo'yi amal qilgan aqidamga sodiq qolib, sobit turishimga u kishining aytgan so'zlari va bergan maslahatlari asos bo'lgan.
Kunlarning birida bir she'r yozgandim. Odatdagidek, uni ilk tinglovchisi o'sha mirob edi. U kishi dalada egatlarga suv tarab ketmoniga suyangancha turardi. SHe'rni o'qidim, o'sha paytda an'ana, rasm bo'lgan mavzuda edi. “Kremlning yulduzi, porlar kecha-kunduzi” va hokazo davom etardi. Ketmonga suyanib horg'in tarzda turgan mirob qarindoshimiz menga qarab shunday dedi: “SHe'rni zo'r yozibsan, qofiyasi ham, mazmuni ham joyida, lekin, senga bir savolim bor: Abdulla, sen o'zing Kremlni borib ko'rganmisan?” Men dong qotib qoldim. Demak, ko'rgan, bilgan, his etgan narsang haqida yozish kerakligini menga o'sha irrigator o'rgatgan. SHuning uchun ham u kishini ilk ustozim degim kelaveradi doim”. Mana, Abdulla akaning e'tirofi. SHunday ekan, ulug' shoirimizning ta'lim muassasamiz bilan bog'liqlik mehri chandon ustuvor.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining bir guruh pedagog, professor o'qituvchilari va talabalari Adiblar xiyobonida buyuk va suyukli adibimiz Abdulla Oripov siymosi aks etgan haykal qoshida “Jo'sh urgan ulug' xalq qudratining kuychisi” nomli tadbir o'tkazdi. Tadbirda institut prorektori Ro'zimurod CHoriev, shoirning qizi SHoiraxon Oripova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov ishtirok etdi.
Rahimboy JUMANIYOZOV,
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari