Abdulla Qahhor – tengsiz ijodkor

    O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Abdulla Qahhor uy-muzeyi bilan hamkorlikda XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi hamda “Abdulla Qahhor uy-muzeyi” tashkil etilganiga 35 yil to'lgani munosabati bilan “Abdulla Qahhor – tengsiz ijodkor” mavzusida adabiy tadbir o'tkazildi.

    Tadbirni shoira Farog'at Xudoyqulova olib bordi. Unda uyushma a'zolari Adhambek Alimbekov, Sharifa Salimova, Jizzax davlat pedagogika universiteti professori Usmonjon Qosimov, Abdulla Qahhor uy-muzeyi direktori Sanobar Matlubova, olima Marhabo Qo'chqorova va boshqalar so'zga chiqdi. Ma'ruzalar tinglandi, she'rlar o'qildi.

    Unda Abdulla Qahhor MFY faollari, Abdulla Qahhor uy-muzeyi vakillari, ijodkorlar, talaba yoshlar ishtirok etdi.

    Bundan tashqari, ayni kunlarda yozuvchining ijodini yoshlarga chuqur o'rgatish maqsadida Abdulla Qahhor uy-muzeyida xotira kechalari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari va ko'chma ko'rgazmalar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

    Tadbirda so'zga chiqqanlar Abdulla Qahhor adabiy merosi va uy-muzeyida amalga oshiralayotgan ishlarning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

    Xotira kechasida O'zbekiston xalq hofizi Xasan Rajabiydan kuy-qo'shiqlar jarang sochdi. O'zbek davlat drama teatri aktyorlari adibning “Ayajonlarim” dramasidan sahna ko'rinishi ijro etdi.