Abduqodir Husanov “Barselona”ga oʻtadimi?

    Futbolchining agenti u haqdagi mish-mishlarga izoh berdi.

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov atrofidagi mish-mishlarga agenti Gʻayrat Hasbiullin izoh berdi. Unga koʻra, Husanovning “Barselona”ga oʻtishi haqidagi gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

    Barselonadan menga hech kim qoʻngʻiroq qilgani yoʻq, bu faqat mish-mish. Klub prezidenti ham aloqaga chiqmagan,” — dedi Hasbiullin Sport-Express nashriga.

    Avvalroq Ispaniyaning Sarpetas Blaugranas nashri “Barselona” Husanovni bir mavsumga ijaraga olib, keyinchalik toʻliq xarid qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.