Mukofot jamgʻarmasi 750 ming AQSH dollaridan iborat turnirda hamyurtlarimiz FIDE reytingida eng yuqori pogʻonalarda borayotgan Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQSH), Xikaru Nakamura (AQSH,), Dommaraju Gukesh (Hindiston), Alireza Firuzja (Fransiya), Levon Aronyan (AQSH), Vinsent Kaymer (Germaniya), Vladimir Fedoseyev (Sloveniya)bilan kuch sinashadi.
Bugun oʻtkaziladigan ilk turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Dommaraju Gukesh bilan Javohir Sindorov qora donalarda Vinsent Kaymer bilan bahs olib boradi.
Turnir aylana tizimda oʻtkazilib, ishtirokchilar rapid shaklida oʻzaro bahs olib boradi. Kuchli sakkiztalikdan joy olganlar pley-off bosqichiga yoʻl oladi.
10 ta turdan iborat boʻlgan nufuzli musobaqa 17-fevralga qadar davom etadi.









