Yangilangan MYRP 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy qiymati 5 milliard AQSh dollarigacha bo‘lgan infratuzilma infratuzilma loyihalarini belgilaydi. Hujjat kelgusi yillarda OIIB va O‘zbekistonning ustuvor infratuzilma yo‘nalishlaridagi hamkorligini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hujjatlar OIIBning davlat sektori (2-mintaqa), shuningdek, loyiha va korporativ moliyalashtirish mijozlari (global) bo‘yicha investitsiyalar bosh direktori Konstantin Limitovskiy hamda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux G‘ulomov tomonidan imzolandi .Imzolash marosimi Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri va Oʻzbekistonning OIIBdagi boshqaruvchisi Laziz Kudratov ishtirokida boʻlib oʻtdi.

«OIIBning ta’sischi a’zolaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston har doim kuchli va ishonchli hamkor bo‘lib kelgan va uning investitsiya loyihalari ro‘yxati aniq milliy ustuvorliklarni aks ettirad, -  dedi Konstantin Limitovskiy. Bugun imzolangan grant kelishuvi esa, dastlabki bosqichdanoq birgalikda ishlab investitsiyalarni jalb etishga tayyor, sifatli va barqaror loyihalarni shakllantira olishimizni yaqqol namoyon etad».

«Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda, mamlakatimiz esa bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning muhim savdo, energetika va transport markaziga aylanib bormoqda, - deya taʼkidladi Laziz Kudratov. - Oʻzbekiston OIIBning mintaqadagi eng yirik hamkori ekanini qadrlaymiz va Bankning bizga bildirgan ishonchi uchun minnatdormiz. Yangilangan dastur esa hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish, xususiy investorlarni kengroq jalb etish va kelishilgan tashabbuslarni imkon qadar amaliy loyilaharga  erishish borasida birgalikda ishashga umid qilamiz».

 

OIIB “Oʻzbekiston elektr uzatish tizimining barqarorligini oshirish” loyihasini tayyorlash uchun 1,5 million AQSh dollari ajratadi. Mazkur mablagʻlar texnik tadqiqotlar va boshqa dastlabki ishlarga yoʻnaltiriladi. Ularning natijalari kelgusidagi investitsiya loyihasi uchun asos boʻlib, mamlakat elektr tarmoqlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, ularning ishonchliligi hamda iqlim oʻzgarishiga bardoshliligini taʼminlashga yo’naltiriladi.

Ushbu ishlar texnik yechimlarni takomillashtirish, investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoj va iqlim bilan bog‘liq xatarlarni baholash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tarmoqqa integratsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda taklif etilayotgan loyihani baholash va ehtimoliy moliyalashtirishga tayyorlashga yordam beradi. Asosiy e’tibor mamlakat elektr uzatish tarmog‘ining ustuvor uchastkalariga, jumladan, Surxondaryo va Samarqand o‘rtasidagi janubiy yo‘lak hamda Farg‘ona vodiysiga qaratiladi. Ushbu hududlarda tarmoqning ishonchliligi va barqarorligini oshirish, elektr uzatishdagi cheklovlarni bartaraf etish hamda qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish hajmining o‘sishini tarmoqqa integratsiya qilish imkonini beradigan yechimlar aniqlanadi.

2030-yilgacha O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi tarkibida qayta tiklanuvchi energiya ulushini qariyb 30 foizdan 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Buning uchun elektr uzatish infratuzilmasini sezilarli darajada modernizatsiya qilish va kengaytirish talab etiladi.

Har ikki hujjat OIIB va O‘zbekiston o‘rtasida infratuzilma sohasida tobora rivojlanib borayotgan hamkorlikka asoslanadi hamda mamlakatning rivojlanish ustuvorliklariga mos barqaror infratuzilma investitsiyalarini tayyorlash va moliyalashtirish bo‘yicha kelgusi hamkorlik uchun asos yaratadi.

OIIB haqida

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) — bu 2016-yilda faoliyat boshlagan va bugungi kunda 111 ta a’zo mamlakatga ega bo‘lgan xalqaro moliya institutidir. Bank 100 milliard AQSh dollari ustav kapitaliga ega bo‘lib, yirik xalqaro reyting agentliklari tomonidan AAA darajasida baholangan. OIIB barqaror rivojlanish, mintaqaviy hamkorlik va infratuzilma sohasidagi investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.