O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16 apreldagi PQ–4680-son qarorida 2020-2021 o'quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga avvallari o'tkazib kelingan ko'p balli tizim asosidagi imtihonlar o'rniga sharq tillaridan test sinovlari o'tkazilishi belgilangan.
Xususan, yangi o'quv yilidan boshlab universitetga o'qishga qabul qilishda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg'ur, yapon tillaridan ko'p balli tizim bo'yicha imtihonlar o'rniga test sinovlari o'tkaziladi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan turk, arab, fors, dariy, hind (hindiy), urdu, xitoy, koreys, uyg'ur va yapon tillari bo'yicha test namunalari ishlab chiqildi. Test namunalari bilan (https://dtm.uz/page/sharqtillar)sayti orqali tanishish mumkin.