Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan viloyat DXX bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti hisobchisi M.A. abituriyent D.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali institutning “Pediatriya ishi” yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 10 000 AQSH dollari bilan birga fuqarolik pasporti nusxasi va abituriyent varaqchasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir, Urganch davlat universiteti talabasi M.M. fuqaro S.ni ushbu universitetning tarix fakultetiga universitetda ishlovchi tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 000 AQSH dollarini fuqaro O. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.