Bu haqda huquqiy axborot portali maktab bitiruvchilariga eslatma berdi.

Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

86–100 % uchun – 5 baho;
71–85 % – 4 baho;
56–70 % – 3 baho va 56 % gacha – 2 baho.