Qoidalarga koʻra, abonentlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining ishonch telefonlariga kecha-kunduz bepul qoʻngʻiroq qilishlari mumkinligi belgilandi.

Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini koʻchirish endilikda xizmat koʻrsatish punktlarida 8 ish soatida emas, balki 20 daqiqa ichida amalga oshiriladi.

Mobil aloqa abonentlariga pullik qoʻshimcha xizmatlarga obuna boʻlish boʻyicha kontent xizmatlari koʻrsatishning quyidagi yangi tartibi belgilandi:

  • xizmatlarni aktivatsiya qilish operatorlarning mobil ilovalari yoki USSD kodlar orqali amalga oshiriladi;
  • abonentlarning rozilik tasdigʻini olmasdan xizmatlarni avtomatik ulashga yoki dastlab bepul boʻlgan xizmatlarni pullik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • kontent provayderlari tomonidan abonentlarga taqdim etiladigan barcha pullik xizmatlar dastlab nofaol holatda boʻlishi kerak.
  • Mazkur hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.