Abu-Dabida 15 tilda soʻzlashuvchi SI shifokor yordamchilari joriy etildi

    Burjeel Holdings va AQSHdagi Hippocratic AI kompaniyasi hamkorligida BAAda yangi avlod empatik, koʻp tilli sunʼiy intellekt (GenAI) yordamchilari ishga tushirildi.

    Ushbu SI agentlar oddiy chat-botlar emas — ular 15 dan ortiq tilda, jumladan, ispan, xitoy, hamda amorat arabcha kabi mahalliy dialektlarda tabiiy va hissiy muloqot qila oladi.

    Agentlar shifokorlar va bemorlar oʻrtasida real vaqtda muloqot qilish, qabulga yozilish, sogʻliq boʻyicha maslahat berish, xavfni baholash va kuzatuv kabi vazifalarni bajaradi.

    Ular onkologiya, kardiologiya, ortopediya va nevrologiya sohalarida klinik va maʼmuriy ishlarni yengillashtiradi.

    Burjeelʼning veb-sayti, ilovasi va call-markazlariga integratsiya qilingan bu AI agentlar koʻplab platformada faol, qulay va tezkor xizmat koʻrsatadi.

    Polaris 3.0 platformasiga asoslangan texnologiya 1.85 million real bemor muloqotlari orqali sinovdan oʻtkazildi va 99.38% klinik aniqlik va 8.95/10 bemor roziligi bilan yuqori samaradorlik koʻrsatdi.

    Munjal Shah (Hippocratic AI): “Biz yaratgan AI agentlar bemorlar bilan mehribon va samarali muloqot qilish uchun moʻljallangan”.