Abu Dabida madany merosimiz targ'ib qilinmoqda

    Abu Dabi amirligining Al Vatba hududida “SHayx Zoid” madaniy meros an'anaviy festivali bo'lib o'tmoqda. Festival` 2023 yil 18 martga qadar davom etishi belgilangan

    Festival uchun tashkil etilgan shaharchada 20 dan ortiq ishtirokchi mamlakat pavil`onlari, yangi qo'shilgan San'at shaharchasi, “Selfie street” maydoni, Sahro muzeyi, bolalar maydonchalari, gullar shaharchasi va oziq-ovqat mahsulotlari pavil`onlari tashkil etilgan.

    "O'zbekiston” pavil`onida musiqiy jamoalar, hunarmandlar hamda oshpazlar ishtiroki ta'minlangan holda mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniy merosi keng targ'ib qilinmoqda.