Abu-Dabidan uchib kelgan fuqaroning yonidan zargarlik buyumlari topildi

    Voqea-hodisalar 6 May 2025 562

    Ushbu shaxs shu bilan uchib kelgan yoʻlovchilardan oʻziga tegishli boʻlgan zargarlik buyumlarini yigʻib olayotganda ushlangan.

    Qayd etilishicha, “Toshkent-Aero“ Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Abu-Dabidan uchib kelgan fuqaroda taxminiy qiymati 610 mln soʻmlik, 226 gramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

    Ushbu fuqaro “Toshkent Xalqaro Aeroporti“ning tashqarisida shu reys bilan uchib kelgan yoʻlovchilardan oʻziga tegishli boʻlgan zargarlik buyumlarini yigʻib olib, avtotransport vositasiga joylab ketayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan toʻxtatib qolingan.

    Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.