Abxaziya prezidenti iste'foga chiqdi

    Hukumat va muxolifat vakillari muzokaralardan so'ng bitim imzoladi, unga ko'ra Abxaziya Respublikasi prezidenti Aslan Bjaniya iste'foga chiqish to'g'risida ariza berdi,

    Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

    “Mamlakatda barqarorlik va konstitutsiyaviy tuzumni saqlash maqsadida, Abxaziya Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq, men Abxaziya Respublikasi prezidenti lavozimidan iste'foga chiqaman”, deyiladi Bjaniya bayonotida.

    Shuningdek, kelishuvga ko'ra, 19-noyabr kuni hukumat binolari hududi va majmuasi ichida to'plangan fuqarolar tarqab ketishi kerak. Agar bu bandga rioya qilinmasa, prezident Bjaniya o'z iste'fosini qaytarib oladi.

    19-noyabr kuni Abxaziya Respublikasi Xalq Majlisi – parlamenti prezident Bjaniyaning iste'fosini ko'rib chiqadi, vitse-prezident Badra Gunba esa davlat rahbari vazifasini bajaruvchi bo'ladi, deya РИА Новостиga tayanib xabar beradi eadaily.com.