— Maʼlumotga koʻra, Badra Gunba va Adgur Arzinba kurashni davom ettiradi, – dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Dmitriy Marshan jurnalistlarga. – Sanoqni yakunladik, ovozlarni sarhisob qilyapmiz. Dastlabki natija ayon. Har holda, ikkinchi turni oʻtkazish zarurati bor. Aniq raqamlar bugun eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil noyabr oyida Abxaziya parlamenti Suxumida Prezident Aslan Bjaniyaning isteʼfosini qabul qilgan.
Shundan soʻng muddatidan oldin prezidentlik saylovi sanasi belgilangan edi.