Ovoz berishdan oldin Vazirlar Mahkamasi rasman iste'foga chiqdi. Avvalroq OAV Yaponiya hukumatida hech qanday o'zgarishlar rejalashtirilmagani haqida xabar bergan edi.
Fevral oyining boshida navbatdan tashqari parlament saylovlari e'lon qilingan edi. Ovoz berishdan so'ng Takaichi partiyasi quyi palatadagi o'rinlarning uchdan ikki qismidan ko'prog'ini qo'lga kiritdi. Mutlaq ko'pchilik koalitsiyaga kelajakda yuqori palataning ko'magisiz o'z tashabbuslarini amalga oshirish imkonini beradi.
Bosh vazir milliy xavfsizlikni mustahkamlash, harbiy xarajatlarni ko'paytirish, shuningdek, iqtisodiyotni rag'batlantirish va soliq yukini kamaytirish choralariga e'tibor qaratmoqda, deb xabar berdi 24.kz.