Hamkorlik bo'yicha shartnoma 2023-yil dekabr oyida TIMC muassisi Baxtiyor Fazilov va ACIBADEM Healthcare Group asoschisi Mexmet Ali Aydin o'rtasida imzolandi.
Joriy yilning 9-yanvar kuni Acibadem jamoasi loyiha ustida ish faoliyatini boshladi. Avval quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi: tibbiyot va xizmat ko'rsatish sohasida zamonaviy standartlarni va yangi IT-texnologiyalarni joriy etish. Shu bilan birga, butun dunyodan nafaqat tibbiy amaliyotni olib boradigan, balki ta'limni rivojiga hissa qo'shadigan, kadrlarni tayyorlab, o'qitib va malakasini oshiradigan shifokorlar va mutaxassislar jalb qilinadi.
Yangi klinikani ochilishi Toshkent shahrida shu yilning sentabr oyida rejalashtirilgan bo'lib, onkologiya, organ va to'qima transplantatsiyasi, neyroxirurgiya, robotlashtirilgan jarrohlik va sport tibbiyoti kabi ko'plab yo'nalishlarni birlashtiradi.
Muassislar bilan bo'lgan uchrashuvda klinika negizida qo'shma tibbiyot universitetini tashkil qilish to'g'risida kelishuvlar muhokama qilinib, talabalar zamonaviy simulyatsiya markazlari imkoniyatlaridan foydalangan holda ilg'or o'quv dasturlari asosida ta'lim oladilar.
Poytaxtda tibbiy xizmatni takomillashtirish bilan bir qatorda, qolgan viloyatlarda ham ushbu klinikalar tarmog'ini ochish rejalashtirilgan. Bu aholining arzon va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishlari uchun yaxshi imkoniyatdir.
TIMC klinikasi ACIBADEM Healthcare Group bilan hamkorlikni tanlagani bejizga emas. Chunki ushbu tibbiy tashkilot dunyodagi ikkinchi yirik tibbiyot muassasalari tarmog'ining biri hisoblanib, Turkiyaning o'zida tibbiy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida etakchilardan biridir.