Unda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Xususan, tomonlar Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi negizida quvvati 1500 MVt boʻlgan kombinatsiyalashgan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirilishini, shuningdek Buxoro viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurishga tayyorgarlik koʻrish jarayonini oʻrganib chiqdilar. Rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni jadallashtirish va barcha loyihalarni tezroq ishga tushirish boʻyicha aniq amaliy chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Kompaniya tomonidan Oʻzbekistonda yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Shu nuqtayi nazardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida quvvati 1,5 GVt gacha boʻlgan shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish imkoniyatlari toʻgʻrisida fikr almashildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu loyihalar Oʻzbekiston hukumatining 2030-yilga borib shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini 30 GVt ga yetkazishga qaratilgan mamlakat energetika balansini diversifikatsiya qilish dasturining bir qismi ekanligi taʼkidlandi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, chiqarilayotgan uglerod chiqindilarini yiliga 1,6 million tonnaga kamaytirishi va shu bilan 2031-yilgacha mamlakatning energiya quvvatining 40 foizini qayta tiklanadigan energiyaga oʻtkazish maqsadlariga hissa qoʻshishi kutilyapti.